Paxtakor tumani hokimining navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi
2026-07-24 12:30:00 / Yangiliklar

📍Paxtakor tumani hokimi X. Abduvoxidov tomonidan fuqarolarning murojaatlarini tinglash, ularning muammo va takliflarini o‘rganish maqsadida navbatdagi shaxsiy qabul tashkil etildi.
🤝 Qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joy, bandlik, tadbirkorlik, kommunal xizmatlar, yer masalalari hamda boshqa ijtimoiy yo‘nalishlardagi murojaatlar tinglandi.
📋 Murojaatlarning ayrimlari joyida ijobiy hal etilib, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi hamda ularning ijrosi nazoratga olindi.
✅ Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning murojaatlariga qonuniy yechim topish va aholini qiynayotgan muammolarni bartaraf etish borasidagi ishlar Paxtakor tumanida izchil davom ettirilmoqda.
#Paxtakor #ShaxsiyQabul #XalqBilanMuloqot #FuqarolarMurojaati #Jizzax






