G‘O‘ZANI O‘Z VAQTIDA PISHIB YETILTIRISH – DOLZARB VAZIFA
2026-07-24 14:00:00 / Yangiliklar

🌱Paxtakor tumanida Jizzax viloyati hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Z. Ro‘ziyev rahbarligida qishloq xo‘jaligi sohasi mutasaddilari, fermer xo‘jaliklari rahbarlari, klaster vakillari hamda mas’ul tashkilotlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
📋 Yig‘ilishda g‘o‘zaning o‘z vaqtida pishib yetilishini jadallashtirish, hosildorlikni oshirish hamda 3 bosqichli defoliatsiya va desikatsiya tadbirlarini agrotexnik talablar asosida sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
🌾 Mutasaddilar tomonidan g‘o‘za parvarishida sug‘orish, oziqlantirish, zararkunandalarga qarshi kurash, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarish hamda defoliatsiya ishlarini ilmiy tavsiyalar asosida tashkil etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
🤝 Yig‘ilish yakunida barcha mas’ullarga dala ishlarini tizimli tashkil etish, hosilni nes-nobud qilmasdan yig‘ib olish uchun puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish bo‘yicha aniq topshiriqlar yuklatildi.
#Paxtakor #QishloqXoʻjaligi #Gʻoʻza #Defoliatsiya #Desikatsiya #Hosildorlik #Fermer #Jizzax






