📢 **PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI!** Paxtakor tumanida **"Payshanba — Yoshlar kuni"** doirasida barcha darajadagi rahbarlarning yoshlar bilan ochiq muloqot va uchrashuvlari tashkil etilmoqda. 🟢 Shu munosabat bilan **Suvonobod mahallasida** "Rais va yoshlar
2026-07-23 10:00:00 / Yangiliklar

📢 PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI!
Paxtakor tumanida "Payshanba — Yoshlar kuni" doirasida barcha darajadagi rahbarlarning yoshlar bilan ochiq muloqot va uchrashuvlari tashkil etilmoqda.
🟢 Shu munosabat bilan Suvonobod mahallasida "Rais va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida maktab, kasbiy ta’lim muassasalari hamda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchi yoshlarining bandligini ta’minlash, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
🤝 Shuningdek, yoshlarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan ochiq fikr almashilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi hamda tegishli mas’ullarga zarur vazifalar belgilab berildi.
✅ "Payshanba — Yoshlar kuni" doirasidagi uchrashuv va ochiq muloqotlar tumanimizning boshqa mahallalarida ham kun davomida davom etadi.
#PayshanbaYoshlarKuni #RaisVaYoshlar #Paxtakor #Suvonobod #Yoshlar #Bandlik #OchiqMuloqot #Jizzax



