Paxtakorda ishsiz va bitiruvchi yoshlar uchun mehnat yarmarkasi ruhidagi uchrashuv o‘tkazildi
2026-07-18 11:30:00 / Yangiliklar

🚘Paxtakor tumanida ishsiz hamda bitiruvchi yoshlar uchun ADM Jizzax avtomobil zavodi kadrlar bilan ishlash bo‘limi mutaxassislari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
🤝 Tadbir davomida zavodning yangi ishlab chiqarish bloklaridagi bo‘sh ish o‘rinlari, xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar, ishga qabul qilish tartibi va mavjud imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
📄 Uchrashuv yakunida ko‘plab yoshlar rezyume to‘ldirib, ishga qabul qilinish uchun hujjatlarini topshirdilar.






