Paxtakor tumani hokimining navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi
2026-07-18 10:30:00 / Yangiliklar

📌Paxtakor tumani hokimi Xusan Abduvoxidov tomonidan fuqarolarning navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida tumanning turli hududlaridan kelgan fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan ochiq va samimiy muloqot olib borildi.
Murojaatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlar rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi. Ayrim masalalar joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar ijrosi nazoratga olindi.
Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammolariga o‘z vaqtida yechim topish hamda aholi roziligini ta’minlash yo‘lida bunday sayyor qabullar muntazam tashkil etib kelinmoqda.


