Paxtakor tumanida innovatsion kasbiy kurslar boshlandi
2026-07-17 11:00:00 / Yangiliklar

📚 DVV International'ning O‘zbekistondagi filiali ko‘magida Jizzax viloyati "Qalb nuri" markazi tomonidan amalga oshirilayotgan "Jizzaxda Ta’lim hududlari – bilim va imkoniyatlar maydoni" loyihasi doirasida Paxtakor tumanida innovatsion kasbiy kurslar boshlandi.
Ayni paytda "Create & Market" kursida ishtirokchilar tayyor va yarim tayyor oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash hamda ularni bozorga chiqarish sirlarini Barno Rasulova rahbarligida o‘rganmoqda. "StartUp Craft" yo‘nalishida esa mohir zargar Maftuna Jo‘raboyeva zargarlik buyumlari va suvenirlar tayyorlash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar olib bormoqda.
Mazkur kurslar ishtirokchilarga zamonaviy kasb-hunar ko‘nikmalarini egallash, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish va daromad manbaini yaratish uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.





