Paxtakor tumanining chempionlari e'tirof etildi
2026-07-15 09:00:00 / Yangiliklar

Paxtakor tumani hokimi Xusan Abduvohidov DXX kubogi viloyat bosqichida yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan Paxtakor tumani jamoalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida tuman hokimi jamoalarni erishgan yutuqlari bilan tabriklab, Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan Paxtakor tumanining “Paxtakor MFY” hamda “Dilorom MFY” jamoalariga omad tiladi. Shuningdek tuman hokimi jamoalarning Respublika bosqichida ham munosib ishtirok etib, yuqori natijalarga erishishiga ishonch bildirdi.
Shundan so‘ng bayram dasturxoni yozilib, futbolchilar uchun madaniy hordiq tashkil etildi. Tadbir davomida san’atkorlarning musiqiy chiqishlari namoyish etilib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.







