"Xavfsiz va sog‘lom yurt" tezkor profilaktik tadbiri davom etmoqda
2026-07-10 10:30:00 / Yangiliklar

🚨 Paxtakor tumanida o‘tkazilayotgan "Xavfsiz va sog‘lom yurt" tezkor profilaktik tadbiri doirasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan manzilli tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.
Tadbirlar davomida Paxtakor tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi nazoratida jazo o‘tayotgan shaxslar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, ularga qayta jinoyat va huquqbuzarlik sodir etmaslik, qonunlarga rioya qilish hamda jamiyatda munosib hayot kechirish yuzasidan zarur tavsiya va tushuntirishlar berilmoqda.
Bunday profilaktik uchrashuvlar fuqarolar o‘rtasida qonuniylikni mustahkamlash, takroriy jinoyatchilikning oldini olish hamda hududda tinchlik va osoyishtalikni ta'minlashga xizmat qilmoqda.


