Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
2026-06-23 19:30:00 / Yangiliklar

🛡 Paxtakor tumani hokimi X. Abduvoxidov, Jizzax viloyati IIB Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Sarimsoqovich Qosimov, tuman prokurori X. Gaziyev hamda tuman IIB boshlig‘i Y. Akaboyev ishtirokida tumandagi tashkilot va muassasalar rahbarlari bilan davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbir davomida bugungi kunda dolzarb masalaga aylangan kiberjinoyatlarning oldini olish, fuqarolarning internet tarmog‘idagi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, uchrashuvda kiberfiribgarlikning turli ko‘rinishlari, internet orqali sodir etilayotgan jinoyatlarning oqibatlari hamda ulardan himoyalanish choralariga alohida e’tibor qaratildi.
Yig‘ilish yakunida ishtirokchilarga kiberxavfsizlik bo‘yicha tavsiyalar va targ‘ibot materiallari tarqatildi.
🔐 Ogohlik va ehtiyotkorlik — kiberjinoyatlarga qarshi









