Paxtakor tumanida ipakchilik rivojlanmoqda!
2026-02-23 15:00:00 / Yangiliklar

🐛🌿Paxtakor tumanida ipak qurti boqishni tizimli yo‘lga qo‘yish, sohada samaradorlikni oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratish masalalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Tadbirda G. Normurodova, viloyat qishloq xo‘jaligi sohasi mas’ullari, tuman hokimligi vakillari, fermerlar hamda tomorqa egalari ishtirok etdilar.
Seminar davomida ipakchilik tarmog‘ini rivojlantirish hudud iqtisodiyotini mustahkamlash, aholi bandligini ta’minlash va xonadonlar daromadini oshirishda muhim omil ekani ta’kidlandi. Har bir xonadon va fermer xo‘jaligi bilan manzilli ishlash, sifat va intizomga qat’iy rioya etish zarurligi qayd etildi.
📍 Shuningdek, tumanda barpo etilayotgan markazlashgan pillaxonalar faoliyati bilan tanishish maqsadida amaliy tashrif amalga oshirildi. Unda G. Normurodova hamda tuman mas’ullari ishtirok etdilar.
Tashrif davomida:
✅ Ipak qurtini parvarishlash sharoitlari
✅ Sanitariya-gigiyena talablari
✅ Zarur jihozlar va ozuqa bazasi
✅ Harorat va namlik me’yorlari
atroflicha ko‘zdan kechirildi hamda mas’ullarga aniq tavsiyalar berildi.
Markazlashgan pillaxonalar, ayniqsa xotin-qizlar bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirish va sohada barqaror natijalarga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tashrif yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ish samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.







