Paxtakor tumanining Mingchinor mahallasida profilaktik tadbir o‘tkazildi
2026-02-18 16:00:00 / Yangiliklar

Paxtakor tumani hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D. Djabbarova tomonidan Mingchinor mahallasida xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.
Uchrashuv davomida mahallada osoyishtalik va xavfsizlikni ta’minlash har bir fuqaroning burchi ekani alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, yoshlar va xotin-qizlar o‘rtasida bekorchi yurishlarning oldini olish maqsadida ularni sport to‘garaklari hamda turli foydali mashg‘ulotlarga jalb etish muhimligi qayd etildi. Ota-onalarga esa farzandlarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning do‘stlari va mashg‘ulotlariga alohida e’tibor qaratish lozimligi uqtirildi.
Tadbir ochiq muloqot shaklida o‘tib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.






