Korrupsiyaga qarshi kurash

O‘rta Chirchiq tumani hokimligida davlat organlarida korrupsiya holatlarini oldini olish hamda "Jaholatga qarshi ma’rifat" mavzularida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. (https://www.youtube.com/@abbosjonkamol)
Unda tuman prokurori vazifasini vaqtincha bajaruvchi A.Toshpo‘latov korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida olib borilayotgan davlat siyosati, "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi qonun va qonunosti hujjatlarining mazmun va mohiyati hususida tushunchalar berdi. (https://youtube.com/@bizsizbilan6497?si=Rw8jOIopbGekGwWP)
So‘ngra tuman bosh imom-xatibi vazifasini vaqtincha bajaruvchi F.Marhumov aholi o‘rtasida diniy ekstremizm, aqidaparastlik, turli buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhini tarbiyalash masalalarida ma’ruza qildi.
Tadbirda tuman hokimi I.Kasimov ishtirok etdi.
