Korrupsiyaga qarşi kuraşiş masalalari muhokama qilindi
2026-11-12 13:50:00 / Yangiliklar
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş masalalari muhokama qilindi
Toşkent viloyati Iqtisodiyot va moliya boş boşqarmasining Korrupsiyaga qarşi içki Komplayens nazorat xizmati xodimi F. Marupov boşçiligida Örta Çirçiq tumani iqtisodiyot va moliya bölimi hamda byudjetdan taşqari pensiya jamğarmasi xodimlari iştirokida korrupsiyaga qarşi kuraşiş, xodimlarning huquqiy bilimlarini oşiriş hamda amaldagi qonunçilik talablarini yetkazişga qaratilgan yiğiliş ötkazildi.
Yiğilişda Özbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida”gi ÖRQ-419-son Qonuni mazmun-mohiyati, şuningdek, Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 21-avgustdagi “Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining korrupsiyaga qarşi kuraşiş siyosatini takomillaştiriş töğrisida”gi 23-160-son buyruğida belgilangan vazifalar yuzasidan tuşuntirişlar berildi.
Ta’kidlanganidek, korrupsiyaga qarşi kuraşiş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri bölib, mazkur qonun hujjatida korrupsiyaning oldini oliş va unga qarşi kuraşişning huquqiy asoslari, prinsiplari hamda mexanizmlari belgilangan.
Şuningdek, xodimlarga korrupsiya, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik va manfaatlar töqnaşuvi tuşunçalari, davlat organlari va mansabdor şaxslarning majburiyatlari, şuningdek, xizmat faoliyatida rioya etilişi lozim bölgan talablar batafsil tuşuntirildi.
Yiğiliş davomida xodimlarga xizmat vazifalarini bajarişda qonuniylik, xolislik, oçiqlik va şaffoflik tamoyillariga qat’iy amal qiliş, manfaatlar töqnaşuviga yöl qöymaslik, xizmat odobi qoidalariga rioya etiş hamda korrupsiyaning har qanday körinişiga nisbatan murosasiz munosabatda böliş yuzasidan tavsiyalar berildi.
Byudjet mablağlaridan maqsadli va samarali foydalaniş, davlat mulkini asraş, xizmat vakolatlaridan şaxsiy manfaat yölida foydalanişga yöl qöymaslik, fuqarolar murojaatlarini qonuniy va öz vaqtida körib çiqiş, davlat organlari faoliyatida oçiqlik va şaffoflikni ta’minlaş muhimligi qayd etildi.
Yiğiliş yakunida xodimlar korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasidagi qonunçilik talablariga qat’iy rioya etiş, xizmat vazifalarini vijdonan bajariş, halollik va mas’uliyat tamoyillariga amal qiliş hamda korrupsiyaning har qanday körinişiga murosasiz munosabatda bölişga çaqirildi.
Örta Çirçiq tumani hokimligi Axborot xizmati




