Hokimiyat haqida
Nukus tumani haqida qisqacha ma’lumot Nukus tumani Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy tomonida joylashgan bo‘lib, tuman 1968-yili 25-dekabr kuni tashkil etilgan. Turkmaniston Respublikasi, Xo‘jayli, Qonliko‘l, Kegeyli, Qorao‘zak, Amudaryo tumanlari va Nukus shahri bilan chegaradosh. Tumanning umumiy yer maydoni 94391 ga. sug‘oriladigan ekin yerlari 31022 ga. 2025-yil 1-sentyabr holatiga ko‘ra tuman aholisi soni 55,738 ming kishini tashkil etadi. Shundan 11,022 ming kishi shaharda, 44,182 ming kishi qishloqda yashaydi. Tumanda 1 ta kichik shahar, mahalla va 11 ta fuqarolar yig‘ini (Boqonshoqli, Qirontov, Taqirko‘l, Somonboy, Kerder, Arbashi, Qo‘tanko‘l, Oqterak, Darson, O‘rnakli makon, To‘qtov, Dehqon ariq) ovul va mahalla fuqarolar yig‘inlari mavjud. Markazi Oqmang‘it shaharchasi. Tumanda ayni paytda 2 ta kasb-hunar maktabi, 32 ta maktab, 142 o‘ringa mo‘ljallangan shifoxona, kuniga 380 kishini qabul qila oladigan poliklinika, 1 ta axborot resurs markazi, 1 ta sport maktabi, 1 ta musiqa maktabi faoliyat ko‘rsatmoqda.Tumanning iqtisodiy negizi meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan.
