"Qirontov" ovul fuqarolar yig‘inida yangi zamonaviy sport maydonchasi foydalanishga topshirildi
2025-10-03 17:25:00 / Yangiliklar

2025 yilning 1-mavsumida "Tashabbusli byudjet" loyihasi asosida tumandagi "Qirontov" ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi ixtisoslashtirilgan maktabi yonida zamonaviy sport maydonchasi qurish bo‘yicha taklifi yuqori ovoz to‘plab, ushbu loyiha g‘olib bo‘lgan edi.
Bugun bu yerda qurilish ishlari to‘liq yakunlanib, zamonaviy bolalar sport maydonchasi foydalanishga topshirilmoqda.
Ochilish marosimida tuman hokimi Z.Zaytov ishtirok etib, barchani bugungi foydalanishga topshirilayotgan futbol, voleybol va workout sport maydonchalarining ochilishi bilan samimiy tabrikladi va bunday yaratilgan imkoniyatlar natijasida yoshlarimiz orasidan Jahon va Osiyo chempionlari yetishib chiqishiga tilak bildirdi.
Shundan so‘ng, tadbir ishtirokchilari sport maydonchasida bolalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.





