Nukus tumanida fuqarolar bilan ochiq muloqot: "Samanbay" ovul fuqarolar yig‘inida sayyor qabul o‘tkazildi
2025-09-13 14:30:00 / Yangiliklar

Bugun, Nukus tumanida jamoatchilik bilan ochiq muloqot va fuqarolarning muammolarini hal etish maqsadida muhim tadbir bo‘lib o‘tdi. Xususan, "Samanbay" ovul fuqarolar yig‘inida tuman prokurori P.Xalmuratov tomonidan sayyor qabul tashkil etildi.
Ushbu sayyor qabul davomida qishloq aholisi tomonidan turli yo‘nalishlardagi dolzarb muammolar bo‘yicha murojaatlar bildirildi.
Fuqarolar ko‘targan masalalar orasida qishloqlarda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, eskirgan elektr ustunlarini almashtirish, tabiiy gaz ta’minotidagi uzilishlarni bartaraf etish kabi hayotiy muhim yo‘nalishlar o‘rin oldi. Shuningdek, fuqarolarning hayot sifatini oshirish bilan bog‘liq bir qator ijtimoiy muammolar ham ko‘tarildi.
Sayyor qabul chog‘ida har bir murojaat alohida o‘rganilib, ularga tegishli choralar belgilandi. Prokuror P.Xolmuratov masalalarni hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilot va idoralar rahbarlariga aniq topshiriqlar berib, belgilangan muddatlarda amaliy natijaga erishish muhimligini ta’kidladi.






