"Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun" shiori asosida maktablarda yangi o‘quv yili boshlandi.
2025-09-02 11:25:00 / Yangiliklar

Bugun, Nukus tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 31 umumiy o‘rta ta’lim maktablarida "Bilimlar kuni" munosabati bilan yangi o‘quv yilining birinchi qo‘ng‘irog‘i chalindi.
Shunday bayram kechasi "Oqmang‘it" shaharcha fuqarolar yig‘inidagi 31-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazildi. Tadbirda tuman hokimi Z.Zaytov ishtirok etib, joriy o‘quv yilining boshlanishi va ushbu maktab "Mardlik maktabi" bo‘lib tashkil etilishi bilan ishtirokchilarni tabrikladi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga 12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat Prezident sovg‘alari topshirilib, yangi o‘quv yilining birinchi qo‘ng‘irog‘i chalindi.
Shundan so‘ng, "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun" shiori ostida birinchi Mustaqillik darsi o‘tilib, so‘nggi yillarda mamlakatimizda yuz berayotgan yangiliklar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.








