Nukus tumanida amalga oshirilayotgan subloyihalar va kelgusidagi rejalashtirilgan ishlar bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
2025-08-12 14:55:00 / Yangiliklar

Bugun Nukus tumani hokimligida Islom Taraqqiyot Banki va OPEK Xalqaro Taraqqiyot Fondi tomonidan moliyalashtirilgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi "Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish" loyihasi doirasida bugungi kunda Nukus tumanida amalga oshirilayotgan subloyihalar va kelajakdagi rejalashtirilgan ishlar bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda loyihani amalga oshirishga ko‘maklashadigan ishchi guruh vakillari, tegishli tashkilotlar, mazkur loyihaga kiritilgan mahallalar vakillari ishtirok etib, amalga oshirilayotgan ishlar va galdagi vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.




