30-iyul - Xalqlar do‘stligi kuni
2025-08-01 22:25:00 / Yangiliklar

Bugun, "30-iyul - Xalqlar do‘stligi kuni" bayramiga bag‘ishlangan "Do‘stlik festivali" Nukus tumani Edige bog‘ida ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
Bayram kechasida so‘zga chiqqanlar bugungi kunda yurtimizda hurmatli Prezidentimiz rahbarligida millatlararo do‘stlik va totuvlikni mustahkamlash, xalqlar o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik, bag‘rikenglik va mehr-oqibat muhitini yanada kuchaytirish, ularning milliy madaniyati, urf-odat va an’analarini asrab-avaylash va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotganligini ta’kidladi.
Ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda yurtimizda "Xalqlar do‘stligi kuni" bayrami va "Do‘stlik festivali" ko‘tarinki ruhda o‘tkazib kelinmoqda. Har yili hurmatli Prezidentimiz tomonidan ko‘p millatli xalqimizga alohida hurmat ko‘rsatilib, milliy-madaniy markazlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga e’tibor qaratilmoqda.
Bayram tadbiri san’at ustalari ijrosidagi konsert dasturi bilan davom etdi.









