Xitoy Xalq Respublikasi ishbilarmonlar delegatsiyasi bilan uchrashuv
2025-05-03 15:05:00 / Yangiliklar

Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F.Ermanov va Nukus tumani hokimi Z.Zaytovlar Xitoy Xalq Respublikasi ishbilarmonlar delegatsiyasi bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida Xitoy Xalq Respublikasi Guanchjou shahrining yirik kompaniyasi bosh direktorlari bilan Nukus tumani hududida amalga oshirish rejalashtirilayotgan qo‘shma investitsiya loyihalari haqida muzokaralar olib borildi.
Muloqot davomida Qoraqalpog‘istonda investitsiya loyihalarini amalga oshirish, yangi sanoat, ishlab chiqarish korxonalari, zavodlar qurish yo‘nalishida har qanday investorni qo‘llab-quvvatlanishini bildirdi.
"Mamlakatlarimiz ishlab chiqarish va savdo-sotiq masalalarida azaldan hamkorlik qilib kelgan. Bugungi kunda iqtisodiy aloqalarimiz yanada rivojlanib, hududlararo hamkorlik amaliy tus olayotganining guvohi bo‘lmoqdamiz. Bu jarayonda biz sheriklik aloqalarini o‘rnatishga tayyormiz," - dedi DONGGUAN YAOSHENG AUTO PARTS CO. LTD. kompaniyasi bosh direktori Liang Qinghua.

