Nukus tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Tajimuratov Aybek Jalgasbaevichning tuman xalqiga va soha xodimlariga MUROJAATI:
2026-01-26 14:55:00 / Yangiliklar

Assalomu alaykum, hurmatli tumanimiz aholisi va hamkasblar!
Men, Tajimuratov Aybek Jalg‘asbayevich, Nukus tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i sifatida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 26-dekabr kuni Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar, xususan, korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha berilgan topshiriqlarimning o‘z jamoam bilan birgalikda namuna bo‘lib bajarilishini ta’minlashga korrupsiyaga qarshi barqaror bo‘lishga va’da beraman.
Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, korrupsiya - davlat va jamiyat taraqqiyotiga jiddiy to‘siq bo‘lib, u xalqimizning adolatga, qonun ustuvorligiga va davlat idoralariga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazadi. Ayniqsa, sog‘liqni saqlash tizimida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga qat’iy yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, chunki bu soha bevosita inson hayoti va bolalarimiz salomatligi bilan bog‘liq.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda, jumladan, sog‘liqni saqlash tizimida korrupsiyani bartaraf etish, ochiqlikni ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2025 yil 21 apreldagi 147-sonli Prezident qarori bilan tasdiqlangan "Korrupsiyadan xoli 5 soha" dasturi doirasida sog‘liqni saqlash tizimini korrupsiyadan xoli soha sifatida shakllantirish vazifasi qo‘yildi.
Biz, Nukus tumani tibbiyot birlashmasi jamoasi, ushbu vazifalarning bajarilishini ta’minlash maqsadida quyidagi amaliy ishlarni izchil olib bormoqdamiz:
1. Raqamlashtirish ishlari.
✅ Barcha ambulator va statsionar murojaatlar DMED tizimi orqali yuritilmoqda;
✅ Maslahat poliklinikasida elektron navbat tizimi joriy etilgan;
✅ Yuqori texnologik diagnostika va davolash uchun elektron order tizimi amalda;
✅ Elektron retsept tizimi joriy etishning yakuniy bosqichida.
2. Tibbiy sug‘urta tizimi asosida xizmatlarni tashkil etish.
3. Korrupciya jaǵdayları boyınsha múrájat etiw ushın isenim telefonlarınıń jumısı jolǵa qoyılǵan.
Oraydıń barlıq bólimlerinde korrupciyaǵa qarsı úgit-násiyatlaw materialları jaylastırılǵan.
5. Nawqaslar hám olardıń jaqınlarınıń pikirin úyreniw ushın anonim sorawlar turaqlı ótkizilmekte.
6. Stacionar nawqaslar 80 procentke shekem dári-dármaq penen biypul támiyinlenbekte.
7. Hár bir bólimde biypul bar dári-dármaqlar dizimi turaqlı túrde jańalanıp barılmaqta.
Sonıń menen birge, men basshı sıpatında:
✅ korrupciyanıń hár qanday kórinisine pútkilley mawasasız múnásibette bolıwımdı;
✅ xızmet dárejesinen jeke máp jolında paydalanıwǵa jol qoymawımdı;
✅muassasada ochiqlik-oydinlik va adolat tamoyillarini qat’iy ta’minlashimni;
✅ barcha xodimlardan qonunlarga qat’iy amal qilishni talab etaman.
Har bir xodim shuni anglab yetishi kerakki, korrupsiyaga qarshi kurashish - nafaqat rahbarning, balki barchamizning vijdoniy va fuqarolik burchimizdir. Halollik va mas’uliyat bizning kundalik faoliyatimizning asosiy mezoni bo‘lishi shart.
Hurmatli fuqarolar!
Agar, Tibbiyot birlashmamizda korrupsiya bilan bog‘liq holatlarga duch kelsangiz, befarq bo‘lmang va quyidagi ishonch telefonlariga murojaat qiling:
️Tibbiyot birlashmasi ishonch raqami: 55 105 43 04
✅ ishonch raqami: (61) 226-00-48
➤Nukus tumani tibbiyot birlashmasining boshlig‘i 91 255 47 71
Biz korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz!
Korrupsiyasiz tizim - sifatli tibbiy xizmat va aholi ishonchi garovi.
