Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri bilan uchrashuv
2025-10-29 09:50:00 / Yangiliklar

Delegatsiya tarkibida Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Shoxrux Gulamov ham ishtirok etdi.
Muzokaralar chog‘ida Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri Xolid Al-Falih hamda qirollikning yirik kompaniyalari rahbarlari bilan sanoat, energetika, infratuzilma, sog‘liqni saqlash va mehnat migratsiyasi sohalarida hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
Tashrif yakunida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Riyadh Cables Group o‘rtasida Toshkent shahrida yuqori voltli kabel mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyiha amalga oshirish to‘g‘risida bitim imzolandi. Loyiha qiymati 122 million AQSH dollarini tashkil etib, yiliga 24 ming tonna mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi hamda 340 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Shuningdek, energetika, suv ta’minoti, axborot texnologiyalari, qishloq xo‘jaligi va infratuzilma sohalarini qamrab oluvchi 20 dan ortiq qo‘shma loyihalarni o‘z ichiga olgan Amaliy harakatlar rejasi tasdiqlandi.

