Taqdimot
2023-02-14 20:20:41 / Taqdimotlar

Maʼlumki, keyingi yillarda sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlatimiz siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da bu yo‘nalishdagi ishlarga eʼtibor yanada kuchaytiriladi. Taqdimotda taʼkidlanishicha, 2023-yilda viloyatimizda 2 ta oilaviy poliklinika, 7 ta oilaviy shifokorlik punkti, 24 ta xususiy tibbiyot muassasalari tashkil etiladi, 2 ta tibbiyot muassasasida investitsiya dasturi doirasida 42 mldr. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshiriladi, viloyat endokrinologiya dispanseri va Bog‘ot tumanlararo perinatal markazi uchun qo‘shimcha binolar quriladi. 857 ming nafar aholi profilaktik ko‘rikdan o‘tkaziladi, shifokorlarning 2 ming nafari Respublikada, 110 nafari xorijda malaka oshiradi.Tug‘ma yurak nuqsoni bo‘lgan 104 nafar bolada mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan jarrohlik amaliyotlari o‘tkaziladi. Tizimni raqamlashtirish jarayonlari davom ettiriladi.
Taqdimotda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Jo‘rabek Raximov viloyatdagi barcha ixtisoslashgan tibbiyot muassasalari bosh shifokorlari bilan muloqotda bo‘lib, shifoxonalarda mavjud muammolar va ularning yechimi, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash bo‘yicha bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama qilindi.
Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati





