Yapon kompaniyalari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha uchrashuv
2025-09-09 09:45:00 / Yangiliklar
TIVda "JICA", "JETRO" hamda yetakchi yapon kompaniyalari — "Sumitomo Corporation", "ITOCHU Corporation", "Toyota Tsusho Corporation", "Marubeni Corporation", "MITSUI & Co", "Mitsubishi Corporation", "Sojitz Corporation" vakillari bilan foydali uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonda xorijiy ishbilarmonlar uchun amalga oshirilayotgan amaliy islohotlar, ilg‘or texnologiyalar va yapon kompaniyalarining boy tajribasini hisobga olgan holda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Mavjud masalalarga eng yaxshi yechimlarni topish, biznes uchun qulay sharoitlarni yaratish, ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va boshqa muhim masalalar kun tartibidagi asosiy mavzulardan bo‘ldi.
