Xalqaro hamkorlik
2025-08-29 08:15:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda vazirlik rahbariyati a’zolari ishtirok etdi.
Suhbat davomida ikki tomonlama do‘stona munosabatlarni rivojlantirish, oliy ta’lim va ilm-fan sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Jumladan, Koreys tilini qo‘llab-quvvatlash, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, talabalar va mutaxassislar almashinuvi, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi bevosita hamkorlikni kuchaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Delegatsiya a’zolari, shuningdek, O‘zbekistonning ta’lim sohasidagi davlat siyosati, islohotlar jarayoni va tajribalari bilan yaqindan tanishdilar.
Uchrashuv samimiy ruhda o‘tdi va tomonlar kelgusida hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

