Maqsad — xotin qizlar faolida ta’sirchan muloqot ko’nikmasini oshirish
2025-08-20 09:35:00 / Yangiliklar

Ana shu ezgu maqsad yo‘lida Bosh vazir o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Maxkamova rahbarligida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi olimlari hamda “Notiqlik san’ati akademiyasi” NTM mutaxassislari bir joyga jamlandi.
Tashabbus markazida mahallalarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar, oila masalalari bo‘yicha mas’ullar va hokim o‘rinbosarlarining aholi bilan muloqot qilish mahoratini rivojlantirish, suhbatlar davomida e’tiborni torta olish, ta’sirchan nutq orqali fikrni o‘tkaza bilish ko‘nikmasini shakllantirish, xotin-qizlar bilan individual ishlashda zamonaviy yondashuvlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish ko’nikmalari muhokama qilindi.
Seminar davomida har bir hududda malakali mentorlar guruhini shakllantirish, xotin-qizlar bilan ishlashda innovatsion va ta’sirchan yondashuvlarni o‘z ichiga olgan zamonaviy o‘quv dasturini ishlab chiqish, mazkur dasturni trenerlar tomonidan tayyorlab, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan kelishilgan holda respublika bo‘ylab bosqichma-bosqich seminarlar orqali joriy etish rejalashtirildi.

