Technip Energies va O‘zbekiston: kimyo, tog‘-kon va agro-sanoat kompleksida hamkorlik
2025-07-30 11:55:00 / Yangiliklar

Technip Energies — bosh qarorgohi Fransiyada joylashgan global muhandislik kompaniyasi bo‘lib, energetika, neft-kimyo va infratuzilma sohalarida murakkab loyihalarni loyihalash va amalga oshirishga ixtisoslashgan. Kompaniya barqaror energetika, tabiiy resurslarni qayta ishlash hamda ilg‘or texnologik yechimlarni joriy etish bilan bog‘liq loyihalarda faol ishtirok etadi.
Uchrashuv davomida tomonlar kimyo va tog‘-kon sanoati, agro-sanoat kompleksi hamda energetika kabi sohalarda hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Sanoat o‘sishini ta’minlash va barqaror ta’minot zanjirlarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan kritik minerallarni o‘zlashtirish bo‘yicha loyihaviy takliflarni ishlab chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, O‘zbekistonda istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va xalqaro kompaniyalar tajribasini jalb etish imkoniyatlari muhokama qilindi.


