Xitoy kompaniyalari bilan O‘zbekistonda samarali hamkorlik va texnologik integratsiya yo‘llari muhokamasi
2025-07-15 10:00:00 / Yangiliklar

Turli sohalarni qamrab olgan yetakchi Xitoy kompaniyalari — Chison Medical Technologies, China Resources Pharmaceutical Group, Norinco, Hangzhou Miuge Chemical Commodities Science and Technologies, Xiamen Tungsten, Shandong Gold, Contemporary Amperex Technology, Great Wall Motor, Origin Quantum, China Aerospace Science and Technology — bilan bir qator mazmunli va samarali uchrashuvlar o‘tkazildi.
Uchrashuvlarda barcha yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ilg‘or ishlab chiqarish quvvatlari va yuqori texnologiyalarni O‘zbekistonga jalb etish, mahalliy mutaxassislar salohiyatini oshirish hamda mamlakatni mintaqaviy va global ta’minot zanjirlariga samarali integratsiya qilish masalalari muhokama qilindi.
Xitoy kompaniyalarining Markaziy Osiyoning jadal sur’atlarda rivojlanayotgan bozoriga kirish borasidagi samimiy qiziqishlari yuqori baholandi.


