Baxtiyor Saidov Gruziya Prezidenti bilan uchrashdi
2025-07-10 09:25:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Gruziya Prezidenti Mixail Kavelashvili bilan uchrashdi.

O‘zbek diplomatiyasi rahbari Prezident Shavkat Mirziyoyevning hamkasbiga samimiy salomini yetkazar ekan, ikki davlat o‘rtasida shakllangan o‘zaro anglashuv va ishonch munosabati yuqori darajada ekanini qayd etdi.
— Gruziyaning ulkan hamkorlik salohiyatini yuzaga chiqarishga intilishini qadrlaymiz, — dedi mamlakatimiz vakili.
Tomonlar sherikligimiz ayniqsa siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar yo‘nalishlarda izchil rivojlanayotganini tasdiqladi.
Tashqi siyosat idoralari hamkorligiga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekiston va Gruziya xalqlari farovonligi yo‘lida amaliy natijaga erishish uchun barcha resurslar faol safarbar etilayotgani ta’kidlandi.
