Boku shahrida O‘zbekiston-Ozarbayjon savdo muzokaralari
2025-07-02 11:45:00 / Yangiliklar
2025-yil 1-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining Ozarbayjon Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida Boku shahrida Ozarbayjonning yetakchi kompaniyalari bilan ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan qator uchrashuv va muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar yakunida sut mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash, kimyo va elektrotexnika sanoati, yuqori kuchlanishli kabellar ishlab chiqarish, uy-joy qurilishi hamda qurilish materiallari ishlab chiqarish kabi iqtisodiy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini qamrab olgan ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.
Erishilgan kelishuvlar O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘lib, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.
