Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Polsha Respublikasi Ta’lim vaziri Barbara Novaskaya bilan uchrashdi.
2025-06-13 09:00:00 / Yangiliklar

Ta’kidlash joiz: O‘zbekiston va Polsha o‘rtasida maktabgacha va maktab ta’limi sohasida hamkorlik aloqalari ilk marotaba yo‘lga qo‘yildi.
Uchrashuvda, shuningdek, Perspektywy Women in Tech jamg‘armasi rahbari Bianka Sivińska faxriy mehmon sifatida ishtirok etdi.
O‘zaro muloqot davomida gender tengligini mustahkamlash va ta’lim sohasida ayollar yetakchiligi salohiyatini oshirishga qaratilgan xalqaro tashabbuslardan, xususan, global TechWomen tarmog‘i imkoniyatlaridan hamkorlikda foydalanish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishildi.
Barbara Novaskaya: O‘zbekiston biz uchun mintaqadagi asosiy hamkorlarimizdandir. Ta’lim — bu iqtisodiyotning bir qismi hisoblanadi. O‘zbekistonda pedagogika yo‘nalishida oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazilayotgan islohotlar biz uchun juda qiziq.


