Toshkent shahar hokimi v.b. Shavkat Umurzakov Xitoyning Anxoy provinsiyasi gubernatori bilan uchrashdi
2024-01-23 09:20:00 / Yangiliklar
Anxoy provinsiyasi xalq hukumati gubernatori Van Tsinsyan Toshkent delegatsiyasi a’zolarini samimiy kutib oldi. Provinsiyaning umumiy ko‘rsatkichlari haqida qisqacha to‘xtalar ekan, Toshkent shahrining barcha tashabbus va g’oyalarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
Sh.Umurzakov mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirib, ikki davlat rahbarlari tomonidan taraflarning o‘zaro muloqoti uchun qulay shart-sharoit yaratilganini ta’kidladi. Ayni paytda O‘zbekistonda, xususan, Toshkent shahrida Xitoyning ko‘plab korxonalari faoliyat yuritayotgani, ular o‘z navbatida har ikki davlatning iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shayotgani, ular uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratilgani, ularning huquq va manfaatlarini qonun bilan kafolatlanganini ma’lum qildi.
Shuningdek, Sh.Umurzakov Toshkent shahrida yaqin yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan bir qator yirik loyihalar bilan tanishtirib, viloyat ishbilarmon doiralari vakillarini o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli hamkorlikka taklif qildi.