Osiyo taraqqiyot banki missiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi
2025-04-29 12:05:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamrayev OTB missiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda Qashqadaryo viloyatidagi “Ayoqchisoy” va Surxondaryo viloyatidagi “Obizarang” sel-suv omborlarini qurish” loyihasi, “Orolbo‘yi havzasida suv resurslarini iqlim o‘zgarishiga mos holda boshqarish” loyihasi, “Amu-Buxoro irrigatsiya tizimini qayta tiklash” loyihasi bilan bog‘liq jarayonlar muhokama qilindi.
“Ayoqchisoy” sel-suv omborini qurish orqali Yakkabog‘, Chiroqchi, Qamashi, Shahrisabz va Kitob tumanlaridagi 25 ming gektar sug‘oriladigan yerlar suv bilan kafolatli ta’minlanadi. “Obizarang” sel-suv ombori esa Sariosiyo va Uzun tumanlaridagi 10 ming gektar yerlarning suv ta’minotini yaxshilaydi. OTB moliyalashtirayotgan ushbu loyihaning umumiy qiymati 60 mln AQSH dollariga teng.
“Orolbo‘yi havzasida suv resurslarini iqlim o‘zgarishiga mos holda boshqarish” loyihasi birinchi bosqichda Buxoro va Surxondaryo viloyatlari

