O‘zbekiston - Turkmaniston hamkorligi mustahkamlanmoqda
2025-03-28 09:55:00 / Yangiliklar
26-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan uchrashdi.

Ashxobodda bo‘lib o‘tgan mazkur uchrashuvda ikki hamkorlikni yanada mustahkamlash mavzusi ko‘tarildi.
Tomonlar strategik sheriklikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratgan holda, keng qamrovli masalalarni muhokama qildi.
Diplomatlar o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish, aloqalarni yanada mustahkamlashga intilish kuchliligini tasdiqlab, turli sohalardagi hamkorlik uchun yangi imkoniyatlarni ko‘rib chiqdi.