Kon-geologiya vaziri “Kalyon Holding” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi
2023-12-14 10:40:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri B. Islamov Turkiyaning “Kalyon Holding” kompaniyasi boshqaruv kengashi raisining birinchi о‘rinbоsаri L. Elvan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
![Kon-geologiya vaziri “Kalyon Holding” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2F7bbb866c-fc75-d709-cef3-c936704556b3_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
Uchrashuvda o‘zbek-turk munosabatlarining keng qamrovli strategik sheriklik darajasida ekanligi alohida qayd etildi hamda kon-geologiya sohasi tarmoqlariga xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari muhokama etildi.
“Kalyon Holding” kompaniyasi 1974-yilda tashkil etilgan. Hozirda qurilish, energetika va elektrotexnika sanoati kabi sohalarda faoliyat olib boradi.
Qatar, Rossiya, Liviya, BAA, Saudiya Arabistoni va Iroq kabi davlatlarda infratuzilma bilan bogʻliq loyihalarni amalga oshirgan.