Citibankning Istanbuldagi vakolatxonasining kortporativ banki bilan uchrashuv
2023-12-07 09:35:00 / Yangiliklar
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi va Citibank o‘rtasida joriy yilning sentabr oyida AQShga yuqori darajadagi tashrif chog‘ida imzolangan O‘zaro anglashuv memorandumini amalga oshirish bo‘yicha choralar ko‘rib chiqildi.
Bank ekspertlari O‘zbekiston bank sektorining salohiyatini yuqori baholadilar va xalqaro fond bozorlariga chiqish bo‘yicha bir qator konstruktiv takliflar bilan bo‘lishdilar.
Citibank 1812-yilda tashkil etilgan eng yirik xalqaro bank bo‘lib, moliyaviy xizmatlar sohasidagi yirik xalqaro korporatsiya – Citigroupning bo‘linmasi hisoblanadi. 2007-yil mart oyidan boshlab u xoldinglar orasida AQShning eng yirik banki sifatida tan olingan. Dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida faoliyat yuritadi.