Asosiy kontentga o'tish

Jahon bankining mutaxassislar bilan muloqot

2025-03-13 09:20:00 / Yangiliklar

"Qishloq ayollariga tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish" loyihasi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Bosh vazir o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z.Mahkamova Jahon bankining Ijtimoiy rivojlanish masalalari bo‘yicha katta mutaxassis Simon Sotssas va  portfol bo‘yicha mutaxassislar bilan muloqot qildi. 

Uchrashuv davomida Farg‘ona va Jizzax viloyatida amalga oshirilayotgan "Qishloq ayollariga tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish" loyihasining oxirgi bosqichi muhokama etildi va muammolar o‘rganilib, tegishli takliflar kiritildi. 

Shuningdek, muzokaralar jarayonida loyihaning yakuniy qismiga bag‘ishlangan Xalqaro konferensiya va tadbirkor ayollar ko‘rgazmalarini tashkil etish yuzasidan fikrlashildi. Muvaffaqiyatli yakunlanayotgan loyihaning 2-bosqichini davom ettirish yuzasidan Jahon Banki vakillari tomonidan  takliflar berildi.

240

Jahon bankining mutaxassislar bilan muloqot