Ikki tomonlama hamkorlik yanada rivojlanadi
2023-12-04 10:35:00 / Yangiliklar
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov va Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Henik o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o’tdi.
Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida madaniyat va san’at sohasida faoliyat yurituvchi pedagoglar malakasini oshirishda hamkorlik qilish, nomoddiy madaniy meros loyihalarni amalga oshirish kabi masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga alohida e'tibor qaratildi.