Gruziya Bosh vaziri rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelmoqda
2025-03-03 18:05:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 4-5-mart kunlari Gruziya Bosh vaziri Irakli Kobaxidze rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keladi.

Tashrif dasturidan qator ikki tomonlama uchrashuvlar va hukumatlararo qo‘shma komissiya yig‘ilishini o‘tkazish, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish va boshqalar o‘rin olgan.