“Bahor keldi seni so‘roqlab...”
2025-03-03 10:00:00 / Yangiliklar

Tadbirga moderadorlik qilgan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo ushbu sananing mamlakatimiz hayotidagi ulkan ahamiyati, taniqli jamoat arbobi, yirik shoira Zulfiya adabiy merosining badiiyat va ma’naviyatimizdagi ulug‘vor o‘rni haqida batafsil to‘xtaldi.
Tadbirda Bosh vazir o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Maxkamova ma’ruza bilan ishtirok etdi.
Shuningdek, ma’rifiy anjumanda Toshkent tibbiyot Akademiyasi prorektori, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoira Sharifa Salimova, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Muhtarama Ulug‘ova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari Farida Afro‘z, shoira Zulfiyaning nabirasi Lola Muxitdinova, qator vazirlik va idoralarning mas’ul xodimlari, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalari hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.