O‘zbekiston turizm sanoati yetakchi “numa GmbH” kompaniyasi bilan hamkorlikda rivojlantiriladi
2023-12-01 12:25:00 / Yangiliklar
Ma’lumot uchun: “numa GmbH” 2016-yilda tashkil etilgan bo‘lib, turoperatorlik, marketing va PRga ixtisoslashgan nemis kompaniyasi hisoblanadi. Uning asosiy e’tibori Bolqon, Turkiya va Markaziy Osiyo bo‘ylab madaniy va maxsus sayohatlarga qaratilgan. “numa GmbH” Germaniya Sayohat Uyushmasi (DRV) a’zosi hisoblanadi. Turoperatorlar va sayyohlik agentliklari bozoridagi aylanmaning asosiy qismini Germaniya sayyohlik assotsiatsiyasi a’zolari tashkil qiladi.
Loyihaning asosiy maqsadi Markaziy Yevropaning uchta davlati - Germaniya, Avstriya va Shveytsariyaga tegishli boʻlgan “The DACH” mintaqasida Oʻzbekistonning sayyohlik salohiyati va jozibadorligini ommalashtirishdan iborat, bunda potentsial sayohatchilar maqsadli marketing faoliyati orqali O‘zbekistonning turli turistik takliflari va madaniy qadriyatlari bilan tanishadi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston bilan Markaziy Yevropa davlatlari o‘rtasida turizm sohasida hamkorlik qilish, sayyohlar uchun qiziqarli bo‘lgan yangi turistik yo‘nalishlarni ishlab chiqish, shuningdek, sayyohlik kompaniyalari o‘rtasida shartnomalar tuzish va hamkorlik tarmoqlarini kengaytirish ham mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishning muhim jihatlaridan hisoblanadi.