Tadbirlar milliy qadriyatlarimizga mos tarzda tashkil qilinadi
2025-02-28 10:45:00 / Yangiliklar

Adiblar bog‘ida shoira Zulfiyani xotirlash tadbirini keng miqyosda tashkil etish va o‘tkazish; joylarda “Zulfiyaxonim izdoshlari”, “Bu bog‘lar bir bog‘lar bo‘ladi hali...”, “Baxtim shul o‘zbekning Zulfiyasiman!” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil qilish bo‘yicha vazifalar belgilandi, mas’ullarga tegishli topshiriqlar yo‘naltirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qaroridan kelib chiqadigan aniq vazifalar belgilab olindi.
Jumladan:
Joylarda bayram munosabati bilan “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” degan bosh g‘oya asosida o‘tkaziladigan tadbirlarni milliy qadriyat va an’analarimiz hamda bugungi islohotlarimizning ma’no-mohiyatiga, Qaror bilan tasdiqlangan Konsepsiyada bayon etilgan asosiy yo‘nalish va tavsiyalarga mos holda tashkil qilish;
“Ayol qadriyatlar davomchisi” kabi tadbirlarni o‘tkazish; Jarayonlarda mamlakatimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash sohasidagi siyosat Navro‘z qadriyatlari bilan hamohang ekaniga urg‘u berish, amaliy tadbirlar va targ‘ibot ishlari davomida oxirgi paytlarda xotin-qizlarning jamiyatdagi ijtimoiy roli keskin oshgani, boshqaruv tizimi, ilm-fan va boshqa sohalarda ayollarning soni ortgani, xotin-qizlarning huquqiy himoyasi kuchaygani, insonparvar va xalqchil siyosat natijasida hayoti ijobiy tomonga tubdan o‘zgargan ayollar haqida turkum materiallar namoyish etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

