O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri mamlakatimizdagi Yevropa davlatlari diplomatik vakolatxonalari rahbarlari bilan uchrashdi
2023-11-28 09:45:00 / Yangiliklar
2023-yilning 27-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yevropa Ittifoqi, Bolgariya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Latviya, Polsha, Ruminiya, Slovakiya, Turkiya, Vengriya, Shveysariya va Chexiyaning mamlakatimizdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, yuqori darajadagi tashriflarni faollashtirish, mamlakatlarimiz va mintaqalarimiz o‘rtasida hamkorlik uchun ulkan, ammo foydalanilmagan salohiyatni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar muhokama qilindi. Shuningdek, bo‘lajak muloqotlar jadvali yuzasidan ham fikr almashildi.