Burjhil Holdings kompaniyasi bilan uchrashuv
2025-02-21 15:00:00 / Yangiliklar
Shu yilning 20-fevral kuni investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov BAAning Burjhil Holdings kompaniyasi bosh direktori Safir Ahmed bilan uchrashdi.

Kompaniya rahbariyatiga mamlakatimizda yaratilgan qulay investitsiya muhitining amaliy jihatlari, jumladan, imtiyoz va preferensiyalar, investorlar manfaatlarini qonun bilan himoyalanganligi, shuningdek, ichki va mintaqaviy bozorlarning jozibador xususiyatlari taqdim etildi. Hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Burjeel Holdings 2007 yilda tashkil etilgan va Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi eng yirik xususiy sog'liqni saqlash kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Kompaniyaning bosh qarorgohi Dubayda joylashgan. Xodimlar soni 17 ming kishidan ortiq, aktivlari 2,5 milliard dollarni tashkil etadi.