Tomorqachilikda Farg‘ona tajribasi barcha mahallalarda оmmalashtiriladi
2025-02-20 09:50:00 / Yangiliklar

Bosh vazir o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Maxkamova o'z ma'ruzalarida aholi tomorqa va ijara yerlaridan samarali foydalanish va daromadlarini oshirish borasidagi ijobiy tajribalarni keng ommalashtirishda, pirovard natijada yurtdoshlarimiz turmush darajasini, ushbu jarayonda xotin-qizlarning ishtiroki yanada yaxshilanishida muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidlab o'tdi.
Shuningdek, so'z olganlar tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan yangi tizim asosida Farg‘ona viloyatida amalga oshirilayotgan ilg‘or tajribalar bilan seminar ishtirokchilarini tanishtirish hamda ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirishdan iborat ekanligi aytib o'tildi.