"O‘zbekiston-Quvayt: samarali hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda
2025-02-19 09:15:00 / Yangiliklar

Tashrif doirasida u bir qator nufuzli tashkilot rahbarlari bilan uchrashuvlar oʻtkazib, qishloq xoʻjaligi sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilmoqda.
Jumladan, Sultan supermarketlar tarmog‘i" kompaniyasining vakillari Bassam Zantout va Maytham Shamseddinelar bilan bo‘lgan uchrashuvda, ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo aloqalarini kengaytirish, Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini Quvayt bozoriga chiqarish masalalari muhokama qilindi.
O‘z navbatida yangi qishloq xoʻjaligi texnologiyalarini joriy etish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash boʻyicha hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.
Mazkur tashrif Oʻzbekiston va Quvayt oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash, innovatsion texnologiyalarni oʻzaro almashishda muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz.