Oʻzbekiston va Turkiya hamkorligi: oliy taʼlimda yangi imkoniyatlar
2025-02-13 09:20:00 / Yangiliklar

Olgan Bekarning Oʻzbekistondagi diplomatik missiyasi yakunlanayotgani munosabati bilan xayrlashuv suhbati shaklida oʻtgan mazkur muloqot davomida ikki davlat oʻrtasidagi oliy taʼlim va ilm-fan sohasidagi hamkorlik natijalari muhokama qilindi.
Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston va Turkiya munosabatlari yangi bosqichga chiqib, bir qator muhim loyihalar amalga oshirildi. Turkiy davlatlar xalqaro universitetini tashkil etish borasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilinib, mazkur taʼlim maskani turkiy xalqlarning maʼnaviy va ilmiy rivojiga hissa qoʻshishi kutilyapti. Shuningdek, Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzurida Yunus Emre madaniyat markazi filiali ochish borasida kelishuvga erishilib, Anglashuv memorandumi imzolandi.
Uchrashuv chogʻida oliy va professional taʼlim hamda ilm-fan sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, yangi tashabbuslarni amalga oshirish hamda oʻzaro tajriba almashish masalalari muhokama qilindi. Ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlash va ularni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan saʼy-harakatlar davom ettiriladi.