Fransiyaning mashhur Avignon xalqaro teatrlar festivalida O‘zbekiston vakillari ishtirok etadi
2025-02-11 09:40:00 / Yangiliklar

Shuningdek, uchrashuvda Fransiyaning Avignon Off festivali hamraisi Harold David ham ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi madaniyat sohasidagi aloqalarning joriy holati, uni rivojlantirish masalalari, xususan, 2025-yilda Fransiyada "O‘zbekiston madaniyati kunlari"ni o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar, O‘zbekiston vakillarining 2025-yilda Avignon Off festivalida ishtiroki kabi masalalar muhokama qilindi.
Ma’lumot o‘rnida, Fransiyaning Avignon Off festivali 1966-yilda mashhur Avignon Festivali atrofida tashkil etilgan ommaviy dastur sifatida kelib chiqqan va hozirda dunyodagi eng yirik sahna san’ati festivallaridan biri hisoblanadi.
Har yili iyul oyida Provans viloyatining markazida joylashgan tarixiy Papalar shahri Avignon festival-shaharga aylanadi, minglab san’atkorlar 140 dan ortiq teatr maydonlarini egallab, ikki hafta davomida ko‘chalarda parad qilishadi.
Uchrashuv davomida tomonlar 2025-yilgi Avignon xalqaro teatrlar festivalida ilk bor O‘zbekiston yosh tomoshabinlar teatri ishtirok etishi, 2026-yilda mazkur festivalda O‘zbekiston faxriy mehmon davlat sifatida ishtirok etishiga kelishib oldi.