Italiya Respublikasi Prezidenti rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi
2023-11-10 09:10:00 / Yangiliklar
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning takliflariga binoan joriy yilning 9-noyabr kuni Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarella farzandi Laura Mattarella hamrohligida rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

Toshkent xalqaro aeroportida ularni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Shundan so‘ng, Oliy martabali mehmon o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga jo‘nab ketdi.



