Qoraqalpog‘istonda tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
2025-01-30 09:10:00 / Yangiliklar
Uchrashuvda Bosh vazir o‘rinbosari – Hukumat komissiyasi raisi Jamshid Xodjayev, Biznes-ombudsman Dilmurod Kasimov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Farxod Ermanov ishtirok etib, tadbirkorlarning taklif va murojaatlarini tingladi.
Tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan masalalar, jumladan, investitsiya loyihalarini amalga oshirishdagi to‘siqlar, eksport faoliyatidagi muammolar, davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlikdagi qiyinchiliklar va boshqa dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Biznes-ombudsman tomonidan tadbirkorlarning murojaatlari yuzasidan tezkor choralar ko‘rish, huquqiy maslahatlar berish va amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Muammoli masalalarni hal etish uchun mas’ul tashkilotlar va idoralar bilan hamkorlikda ish olib borish belgilab olindi.